
La Liga prezidenti Salohni o‘z chempionatida ko‘rmoqchi
La Liga prezidenti Xaver Tebas Ispaniya chempionatida "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohni ko‘rmoqchiligini aytdi.
“La Liga Premer-liga bilan bir xil darajada turadi. Farq faqat auditoriyada. Ular Evropada ko‘p tomoshabinlarga ega, bizni esa Yaqin va Uzoq Sharqda juda ko‘p muxlislarimiz bor.
Mavjud moliyaviy vaziyatni hisobga olsak, Salohning Ispaniya klublaridan biriga o‘tishi dargumon. Umid qilamanki, u baribir La Ligada o‘ynaydi, ammo baribir qimmat transferlarni kutmayman”, - dedi Tebas ON Time Sports nashriga bergan intervyusida.
Bundan avvalroq, 28 yoshli misrlik futbolchi "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan kelisha olmay qolgani va unga "Real" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar