La Liga prezidenti Messining "Manchester Siti"ga o‘tishidan nega tashvishlanmoqda?

  • 18 noyabr, 2020, 00:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga prezidenti Xaver Tebas “Barselona” forvardi Lionel Messining “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

“Messining “Manchester Siti”ga o‘tishi meni tashvishlantiradi. Chunki, “Siti” qoidalarni buzgan holda raqobatlashadi. Bu borada e’tiroz bildirgan faqat men emas. Klopp va Mourino ham shu fikrda.

Koronavirusmi, koronavirus emasmi, pandemiyami, superpandemiyami, “Siti”ga baribir. Ular boshqacha qoidalar bilan o‘ynaydi”, - dedi Tebas.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" shu yil moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgani uchun UEFA tomonidan 2 yilga evrokuboklardan diskvalifikatsiya qilingan edi. Ammo ular ushbu qarordan norozi bo‘lib, UEFAni xalqaro sport arbitraj sudiga berdi. Natijada, sud UEFAning qarorini bekor qildi va "Siti"ning diskvalifikatsiyasini olib tashladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!