
La Liga. Birinchi taymda 3 ta gol urgan "Atletiko" yakunda kambek qurboni bo‘ldi
La Liganing 36-turidan o‘rin olgan yana bir to‘qnashuv "Espanol" va "Atletiko" o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda 3:3 hisobi qayd etilib, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Birinchi taymda Saul, Grizmann va Karraskolar bittadan gol urib, hisobni yiriklashtirdi. 64-daqiqada Montes javob golini urdi. Xoselu penaltini aniq amalga oshirdi va oradagi farq qisqardi. 79-daqiqada Souza hisobni tenglashtirib ketdi.
Shu tariqa, "Atletiko" ochko yo‘qotib, turnir jadvalida 3-o‘ringa tushib ketdi. Chempionatda qolishga harakat qilayotgan "Espanol"ning esa pastki divizionga tushib ketish xavfi bor.
Fikrlar