
La Liga. "Betis" kambek amalga oshirib, "Real"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Ispaniya La Ligasining 26-turi doirasida Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" "Betis" bilan bahs olib borib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Braim Dias Mendining pasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, Kardosa 34-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda "qirollik klubi"ning sobiq futbolchisi Isko 54-daqiqada penaltidan "Betis"ning g‘alabasini ta’minladi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Fikrlar