La Liga. "Barselona" va "Sevilya" ishtirokidagi o‘yinlarda 9 ta gol kiritildi

  • 16 avgust, 2021, 09:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining ilk turida “Barselona” o‘z maydonida “Real Sosedad”ni, “Sevilya” esa “Rayo Valekano”ni qabul qildi.

Tecno

Kataloniyadagi bahs gollarga boy kechdi. Yakunda mezbonlar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Barsa” safida Jerar Pike (19'), Martin Breytueyt (45+2', 59') va Serxi Roberto (90+1') gol muallifi bo‘ldi.

Andalusiyadagi bahsda esa “Sevilya” raqib darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. Shu kuni Yussef En-Nesiri (19') va Erik Lamela (55', 79') tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!