La Liga. "Atletiko" kurashdan 99 foizga chiqib bo‘ldi (hisob-kitob)

  • 3 may, 19:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 34-turi doirasida "Alaves" hamda "Atletiko" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Qayd etish lozim, ayni vaqtda "matraschilar" La Liga turnir jadvalida 67 ochko bilan 3-pog‘onani band etib turibdi. Agar bugun peshqadam "Barselona" (76 ochko) "Valyadolid"ni taslim etsa, Madrid klubi chempionlik uchun imkoniyatni deyarli qo‘ldan chiqaradi. 

"Ko‘k-anorranglilar" bugun g‘alaba qozongan taqdirda, "Atletiko" bilan farq 12 taga etadi. O‘zaro uchrashuvlarning birinchisida Simeone shogirdlari, ikkinchisida esa "Barsa" zafar quchgan. Biroq to‘plar nisbati "Barselona"da ancha yaxshiroq (+57 - +29) 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!