
La Liga: "Atletiko" bronza medallarini deyarli naqd qildi
Ispaniya chempionati 34-turi doirasida "Atletiko" "Malorka" bilan bahs olib borib ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning birinchi taymida "matraschilar" hujumchisi Alvaro Morata penalti va o‘yindan bittadan gol kiritib dubl sohibi bo‘ldi, ikkinchi taym Kokening goli o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, madridliklar oxirgi olti o‘yinda beshinchi g‘alabani qo‘lga kiritib, uchinchi o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi.
Fikrlar