Kurtua: “Asensioga yordam beramiz, lekin xatolar ustida ishlash kerak”

  • 23 iyun, 12:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida "Real Madrid" – "Pachuka" (3:1) uchrashuvida "qirollik klubi" 7-daqiqadan boshlab maydonda bir futbolchi kam bo‘lib harakat qildi — Raul Asensio qizil kartochka oldi.

Tecno

Mazkur holat yuzasidan darvozabon Tibo Kurtua quyidagicha izoh berdi:

"Jamoangda bir kishi kam bo‘lganda o‘ynash oson emas. Ammo bu Raulning ketma-ket ikkinchi uchrashuvdagi bir xil xatosi.

Ba’zan aql bilan ish tutish kerak va bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Raul bundan xulosa chiqaradi, bu muammo emas. Biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz va uning uchun ham kurashamiz" - deya ta’rif berib o‘tdi belgiyalik posbon.

Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 3-turida "Zaltsburg"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur to‘qnashuv esa 27 iyun kuni 06:00da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!