Kuperda g‘oliblik ruhi yo‘q yoxud Ronaldoning 2003 yilgi intervyusi

  • 12 sentabr, 2019, 14:16
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

2003 yili "Inter" forvardi Ronaldodan katta intervyu olingan va unda Ektor Kuper borasida savollar bilan ham murojaat etilgandi. Afsonaviy Ronaldo o‘ziga hos tarzda Kuper borasida salbiy fikrlar bildirib o‘tgan. E’tiboringizga ushbu intervyuning aynan Kuper borasida gap ketgan joyini havola etamiz.

Tecno

Sizga juda nozik bir savol berishga ijozat bergaysiz. Sizni doimo qo‘llab-quvvatlab turadigan va davolanish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan "Inter" prezidenti Massimo Moratti bilan qanday munosabatdasiz? Haqiqatan ham, Milanda, butun Italiyada bo‘lgani kabi, sizning ketishingiz xiyonat sifatida qabul qilindi ...

Men har doim Massimo Moratti bilan iliq insoniy munosabatlarda bo‘lganman. U men uchun otadek. Shunday bo‘ldi va shunday ham bo‘ladi. Mening Ispaniyaga ko‘chib o‘tishim hech narsani o‘zgartirmadi.
Men jarohat olganimda, menga prezident sabr-toqatni va butun "Inter" jamoasini o‘rnak qilib ko‘rsatdi. Men har doim Moratti, jamoadoshlarim va muxlislarning menga bo‘lgan munosabatini yuqori baholaganman. Ammo, qaytganimdan so‘ng, ko‘p o‘tmay, hamma narsani tubdan o‘zgartirgan bir voqea sodir bo‘ldi.

Nimani nazarda tutayapsiz?

Bir qator sabablarga ko‘ra men klub murabbiyidan, uning kasbiy va insoniy fazilatlaridan ko‘nglim qoldi (Ronaldo "Inter" bosh murabbiyi Ektor Kuper haqida gapirgan, lekin uni ismini aytib o‘tishni istamagan). U bilan klubimiz hech narsaga erishmasligiga amin bo‘ldim. Bundan tashqari, oramizda begonalashish kuchaydi. Men o‘yinga tayyor bo‘lganimda jangga shoshildim. U meni sababsiz zaxirada qoldirdi. Bu bir necha marta takrorlangan. Yaponiya va Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan jahon kubogi yaqinlashayotgan edi va men terma jamoadan chaqiruv olmaslikdan jiddiy qo‘rqishni boshladim. O‘yin amaliyotisiz qolgan futbolchi kimga kerak? O‘zaro sovuq munosabatlarimiz xech qachon hal qilinmadi.

Demak, sizning ketishingiz muqarrar edi?

Ha, jahon chempionatiga ketish oldidan, men ushbu murabbiyning boshchiligi ostida endi o‘ynamasligimni aytdim. Klub prezidenti menga vaziyat yaxshilanishiga va’da berdi. Ammo Osiyoga ketishdan oldin, vaziyat og‘ir ahvoldaligicha qolgandi. Keyin, men butunlay terma jamoadagi o‘yinlarga e’tiborimni qaratdim va endi Moratti bilan kurashishga to‘g‘ri kelmadi. Men jahon chempioni unvoniga ega bo‘lib qaytganimda, darhol bu odamning boshchiligi ostida mashg‘ulot o‘tkazmasligimni aytdim (Kuper nazarda tutilgan). Morattidan aniq javob bo‘lmagani uchun, men "Inter"da o‘ynashni davom ettirishni xohlamasligim to‘g‘risida aniq qaror qildim.

Sizningcha, Kuperni jamoadan ketishi biron narsani o‘zgartirarmidi?

O‘ylashimcha shunday... Ayniqsa "Inter" uchun! Bu klub nihoyat g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘lardi. "Inter" tarkibida juda yaxshi o‘yinchilar bor, ammo g‘olib ruhiyatiga ega futbolchilarnining g‘alaba qozonadigan murabbiyi yo‘q. Massimo Moratti jamoaga dunyoning eng yaxshi futbolchilarini sotib olishiga qaramay, italiyaliklar yuqori natijalarga erishmasligidan charchashgan. Muxlislar va klub prezidenti ko‘proq narsaga loyiqdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ахмад49
13/09/2019 11:04
Купер ва унинг ёрдамчиларга бериладиган компенсация пулини ярмини Ахмаджоновдан ундириб олиш керак сабаби бу чолни шу одам топиб келган.
Абдуллажан Тураев
18/09/2019 20:03
Avvalambor Xammaga Salom , Gap yo'q maqolaga lekin ! Shu maqolani Kuperi opkelishdan oldin yozsa bomasmidi? Brovni aybdor qilish oson lekn Fudbolga qizmidigon odam, maylin bu so'z noto'ri bolar Fudbolga yetarlicha vaqt ajarata ololmidigon odam diyaqoli chunki u odammi fudboldanam muxumroq topshiriqlari bo'sa kere manimcha yana bilmadim. Xullas usha odam kimmi qanaqa foydasi tegishini qattan bilsin? Shu Kuperi topib muzokarala boshlashgan payt agar shu maqola ekran yuzini ko'rganida 100% bu Murabbiy tanlanmasdi! Xammasi shu axvolga keganida bu maqola uje odammi g'ashiga tekgande ko'rinvotti, aqil o'rgatishga juda usta bob ketganmiz undan ko'ra xamma o'z ishini o'z vaqtida bajarsa xammasi yahshi boladi manimcha. Biz Muxlislarga nima kere? Choroyli o'yin! Yutamizmi Yutqazamizmi fudbolchilani ruxan tayyorlab maydonga xuddi jangga opchiqqande tayyorlashsa boldi, Maydonda jang qilib 3:4 yoki 4:5 xisoblarida yengilse xichkim xich nima dimidi lekn natija uchun oynimiz dib ximoyaga yotvolib xuddi maxalladigi yosh bolalaga oxshab koptoni oldinga teforib oynash bu achinarlide odam uyaladi, biz O'zbekistonimizi ko'klarga ko'tarmoqdamiz shu paytda bunaqa sharmandachili qib turishsa bu uyat
Boyazid Xon
13/09/2019 01:49
УЗБЕК миллатини давлатини байрогини мадхиясини мухлисларини яхши курсаларин илтимос УФА бошликлари Куперди кетказиб Абрамовди кайтарилар ватан ун шу сассик чолга бергани пул топилиб колар бу сассик чол бн шу гурухданам чиколмимиз илтимос бизиям фикирларимизи инобатга олилар бу кари тунка бамайлахотир озирида тахлил киламиз диябдику бунша нима чикмаса ухшамади майли хайир диб кеторади бизчи биз яна ёгимизга ковурилиб 4 цил кутишимиз кере илтимосбизиям тушунилар нима бусегам уламизми коламизми чикамизми йукми шу Абрамов бн булелик илтимос
Рустам Содиков
12/09/2019 23:03
Куперни топиб келганлар хисобот берсин. Шунда келгусида бундай чалаларни хеч ким олиб келмайди.
Avaz Mamadaliev
12/09/2019 18:13
)
Shaxboz Bekmurodov
12/09/2019 18:01
Savol: Tavuq birinchi paydo bo‘ganmi yoki Xo‘roz. Bunga fikirlar ko‘b aniq javob yo‘q.
Savol: O‘zbekiston futboli kuchayadimi yoki shu chukishda davom etadimi, JCH juda judaaaa gab ko‘p, savollar bir biriga anchagina yaqinligi boraaa.
Komol Omon
12/09/2019 17:31
Купер кетса албатта футболимиз узгаради
Узи шу тренер келиши билан миллий термадан барака учди Купер йоколсин
Абрамов келсин энг зор тренер Узбекистана учун Бу Вадимака болади
Hakimbek Odiljonov
13/09/2019 11:43
Bilmadim-ku lekin bollarni va murabbiyni ham aybi yo‘q.Chunchaki "Maydon yaxshi emas edi" buni hech kim gapirmadi lekin bu baxona deyish noto‘g‘ri sizlar ham ko‘rdilarinku maydonni ahvolini o‘ynagan biladi menimcha....
Фуркат Мирзаев
12/09/2019 19:36
Миржалолсиз Узбекистон жахон чемпионатига чиколмайди Абрамов ким у факат молиявий ахволи яхши клубди бошкаради буни эсингдан чикарма ,болам ёшим 51 да Комол Омон еш йигит буланг керак хулас карпусия бор жойда ривожланиш булмайди Вадим келсак трактор жамосига 10 йил мураббий булди вопши резултат курсатаолмаган демокчиман Миржалолди ишини килолмайди