
Kun tarixi: Bugun Zidan kalla qo‘yganiga 13 yil bo‘ldi
Bugun 9 iyul. Ushbu sanada ham biz hali-hamon eslab yuradigan ko‘plab voqeliklar yuz bergan. Jumladan, roppa-rosa 13 yil muqaddam Germaniya yashil maydonlari mezbonlik qilgan mundialning finali o‘tkazilgan edi.
Italiya va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasida kechgan final futbol tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan: Italiyaning to‘rtinchi bosh mundial chempionligini qo‘lga kiritishi, Zidanning kalla qo‘yishi. Darvoqe, rahmatli Hojiboy Tojiboev aytganidek, haqiqatdan ham ertasi kun butun dunyoda Italiyaning chempion bo‘lganini emas, Zidanning kalla qo‘ygani aylanaverardi. O‘shanda quyidagicha futbol afsonalari finalda o‘ynagan edi:
2006 yil, 9 iyul.
Jahon chempionati. Final
Italiya – Frantsiya 1:1 (pen. 5:3)
Gollar: Zidan – 7’, 1:0; Materatstsi – 19’, 1:1.
Bosh hakam: Elisondo Orasio (Argentina)
Italiya: Buffon, Materatstsi, Kannavarro, Zambrotta, Grooso, Kamoranezi, Del Pero, Gattuzo, Pirlo, Perrotta, Yakvinta, Totti, De Rossi, Toni.
Murabbiy: M.Lippi
Frantsiya: Bartez, Abidal, Sanol, Gallas, Tyuram, Maluda, Riberi, Trezege, Makalele, Zidan, Veyra, Diarra, Anri, Viltor.
Murabbiy: R.Domenek
Hozirda futbolchilar o‘sha kunni eslab ijtimoiy tarmoqlarda turli postlar yozishmoqda.
Fikrlar