Kumikov boshchiligidagi "Andijon" o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi

  • 5 iyun, 2020, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga restartiga Yangier shahrida tayyorgarlik ko‘rayotgan Viktor Kumikov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi kecha birinchi liga vakili "Neftgazmontaj" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ushbu uchrashuvda Viktor Bolyutovich quyidagi tarkibni sinab ko‘rdi:

Birinchi bo‘limdagi tarkib: Aslonbek Ahrorov, Dmitro Zozulya, Usmonali Ismonaliev, Xushnudbek Avilov, Azamat Isroilov, Jahongir Abdumo‘minov, Abdulloh Olimov, Farhod Bekmuratov, Muhammad Yuldashev, Jamshid Hasanov, Artyom Litvyakov.

Ikkinchi bo‘limdagi tarkib: Islombek Abdullaev, Asilbek Azizov, Nodir Mavlonov, Emmanuel Arivachukvu, Farhod Mirahmatov, Baxtiyor Qosimov, Ibe Okoro, Qahramon Bahodirov, Qahramon Bahodirov, Timur Usmanov, Siroj Meliev.

Nazorat uchrashuvida "burgutlar" 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Kiritilgan gollarga Abdulloh Olimov, Farhod Bekmuratov va Baxtiyor Qosimovlar mualliflik qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mansurbek
05/06/2020 22:42
Quyi liga vakili ekanku shunga shunchami? Men Lokamatif yoki Bunyodkor debman. Yutmasa ham bo‘lmaydi. Oliy liga vakili-ku
Mirali Hcerali
05/06/2020 15:09
Нефтгазмонтаж к,айси мамлакат жамоаси
Mirali Hcerali
05/06/2020 15:09
Нефтгазмонтаж к,айси мамлакат жамоаси