Kumanning iste’fosi "Barsa"ga yordam beradimi?

  • 30 sentabr, 2021, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turida Lissabonda "Benfika"ga 3:0 hisobida imkoniyat boy berilgach, jamoadagi vaziyat haqida gapirdi.

Tecno

"Kuman? Men bu mavzuda bahslasholmayman, bu savol men uchun emas. Lekin menimcha, murabbiyni o‘zgartirish hozir hech narsani hal qilmaydi. Jamoa mashg‘ulotlarda ko‘p ishlaydi, biz haqiqatan ham juda ko‘p harakat qilamiz. Bugun bizning kunimiz emas edi”, - dedi niderlandiyalik futbolchi.

Avvalroq, "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘rniga Roberto Martines, Terri Anri yoki Xavi Ernandes kelishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

"Ko‘k-anor ranglilar" EChLda dastlabki ikki turdan so‘ng birorta ham ochko to‘play olishmadi va “E” guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!