
Kuman yoki van Bommel "Barselona"ni boshqarishi mumkin
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde mavsum so‘nggida klubni tark etishi mumkin, deya ispan nashrlari xabar tarqatmoqda.
Kataloniyaliklar chempionlar ligasi unvonini qo‘lga kiritishsa ham klub raxbariyati shu ishni amalga oshirmoqchi.
Valverdening shartnomasi 2020 yil yozigacha amal qiladi. Shartnoma bandida klub uni yana bir mavsumga uzatirish imkoniyati kiritilgan, amma bu kelishuv uzaytirilmaydi.
"Barselona"da bosh ro‘lni Gollandiya terma jamoasi ustozi Ronald Kuman egallashi mumkin ekan. Yana bir nomzod "PSV" bosh murabbiyi Mark van Bommel deb aytilmoqda.
Fikrlar