
Kuman qattiq ishongan futbolchi “Barsa”ga kelmaydi
Kuman hali “Barsa”ni rasman qabul qilib olmay turib, kataloniyaliklarga “Ayaks” yarim himoyachisi Donni van de Bekni olish kerakligini uqtirgan edi.
Niderlandiyalik mutaxassis jamoani o‘z qo‘liga olganidan keyin klub rahbariyati murabbiy orzu qilayotgan futbolchi transferi bo‘yicha ishga kirishdi. Biroq, futbolchining o‘zi boshqacha qarorga keldi.
Yozgi transferlar vaqtida “Ayaks”ni tark etishga tayyorlanayotgan van de Bek Angliya premer-ligasida to‘p surishni istamoqda. Bu hujumkor futbolchiga “Manchester Yunayted”dan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar bor. Uning transferi 44 million evroga baholangan.
Fikrlar