Kuman ishsiz qolsa, “Barsa” katta pul to‘laydi

  • 21 sentabr, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kumanning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Agar kataloniyaliklar niderlandiyalik murabbiy bilan yangi bitim imzolamasa, unga 6 million evro miqdorida badal to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Ispaniya matbuotining yozishicha, shartnomaga bu bandning kiritilgani bejiz emas. Ronald Kuman “Barselona”ga taklif etilganida u Niderlandiya terma jamoasini boshqarayotgan edi. Amaldagi shartnoma bir tomonlama bekor qilingani uchun Kuman Niderlandiya futbol federatsiyasiga kompensatsiyani o‘z cho‘ntagidan to‘lagan.

Agar kataloniyaliklar Kumanni ishsiz qoldiradigan bo‘lsa, unga kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘ladi.

“Barselona” Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida “Kamp Nou”da “Bavariya”ga 0:3 hisobida yutqazganidan keyin Kumanning ketishi haqidagi xabarlar tarqala boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!