
Kuman futbolchiga yangi talab qo‘ydi
“Barselona”ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumandan yangi topshiriq olganini bildirdi.
- “Barselona” har qanday turnirda favorit hisoblanadi. Biz mavsum boshidan beri ancha kuchaydik. Yangi yilni ham g‘alaba bilan boshladik.
O‘zim keyingi paytda boshqa pozitsiyalarda o‘ynayapman. Bosh murabbiy mendan hujumga ko‘proq yordam berishimni talab qilyapti. Bu pozitsiyada ham men o‘zimni erkin his qilyapman, - dedi de Yong.
Fikrlar