Kuman "Barselona" akademiyasidan yangi yulduzlarni kashf qilmoqchi

  • 1 avgust, 2021, 12:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa yarim himoyachilari – Serxio Buskets va Pedri Gonsalesga Kataloniya klubi akademiyasi - "La Masiya"dan o‘rinbosar topib qo‘ydi.

Tecno

Ispaniyalik jurnalist Jerar Romeroning xabar berishicha, Niko Gonsales va Pablo Paese niderlandiyalik mutaxassisning jiddiy qiziqishiga sabab bo‘la boshlagan. Unga ko‘ra, Kuman Nikoni Busketsga, Pabloni Pedriga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Kumanga shuningdek Yusuf Demirning ham o‘yini yoqmoqda. Shu sababli u ham yangi mavsumda asosiy jamoaga jalb etilishi mumkin.

“Barselona” La Liganing yangi 2021/22 yilgi mavsum ilk uchrashuvini 15 avgust kuni o‘z maydonida “Real Sosedad”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!