Kroos Zidanni tan olmadi

  • 11 avgust, 2020, 11:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos o‘z faoliyatida duch kelgan murabbiylar orasida eng zo‘ri kim ekanini ma’lum qildi.

Tecno

- Men yuqori saviyali ko‘p murabbiylar bilan ishlaganman. Ayniqsa, Gvardiola bilan yil hamkorlik qilganman va u hayratlanarli mutaxassis. Zidan bilan esa ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Lekin men uchun Xaynkes eng yaxshi murabbiy. Uning qo‘l ostida Leverkuzen va Myunxenda o‘z iqtidorimni namoyon eta olganman, - deydi Kroos.

Kroos ustozi Yupp Xaynkes bilan birga Germaniya chempionati va Chempionlar ligasida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!