Kroos yana sobiq jamoasiga qaytadimi?

  • 11 mart, 2020, 23:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi "Real" Madrid xavbeki Toni Kroosni sotib olmoqchi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra nemis grandi vakillari allaqachon bu borada 30 yoshli germaniyalik futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Aytish kerakki Kroos uchun "Bavariya" begona emas. U 2007-2014 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kroos faoliyatini "Real"da yakunlash istagida ekani haqida aytib o‘tgan edi. U joriy mavsum 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!