
Kroos yana Gvardiola qo‘l ostida to‘p surish istagida, ammo...
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Toni Kroos yana Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘p surish istagi borligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Kroos 2013/14 yilgi mavsumda “Bavariya”da aynan Gvardiola qo‘l ostida to‘p surgan.
“Bavariya”ning ko‘pchilik futbolchilari Gvardiolani o‘zlari birga ishlagan eng yaxshi murabbiy deb hisoblashadi. Uning jamoasida o‘ynash menga ham yoqqan.
Faoliyatimni “Real”da tugatmoqchiman, shu bois u bilan yo‘llarimiz to‘qnash kelishi mumkin emas. Ammo, yana bir marta uning qo‘l ostida o‘ynash ajoyib bo‘lgan bo‘lardi. Biz u bilan haligacha aloqadamiz. Undan o‘rganganlarimni hech qachon unutmayman”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Fikrlar