Kroos "Real"da qoladimi?

  • 25 may, 2020, 16:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Toni Kroos jamoada qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 30 yoshli germaniyalik futbolchi garchi Xitoy va AQShga pul ishlash uchun yo‘l olishi mumkinligiga qaramay, hozircha “qirollik klubi”da o‘ynashda davom etadi. Ta’kidlash kerakki, u o‘tgan yilning may oyida “Real” bilan amaldagi shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirgan edi.

Toni Kroos “Real” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 266 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18 ta gol hamda 68 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!