
Kroos qishda "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” germaniyalik futbolchini qishki transferlar davrida sotib olishmoqchi va buning uchun madridliklarga 75 mln evro taklif qilishmoqchi. Qayd etish lozimki, Kroosning o‘zi ham jamoasining o‘zgartirishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kroos 2014 yil ham MYuga o‘tishi mumkinligi, ammo o‘shanda tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olishmagani haqida aytib o‘tgan edi.
Fikrlar