
Kroos piyonista bo‘lib qolgani haqida gapirib berdi
Germaniyalik yarim himoyachi Toni Kroos 2012 yil “Bavariya” safida Chempionlar ligasi finalida “Chelsi”ga imkoniyat boy berilganidan so‘ng juda ko‘p miqdorda alkogol iste’mol qilganini aytdi.
“O‘shanda o‘zimni dahshatli his qilganman. Mag‘lubiyat alamini unutishning boshqa yo‘lini topa olmadim. O‘zimni boshqara olmay qolganimdan so‘ng, shifokor chaqirishga majbur bo‘lganman”, - deydi Kroos.
Shundan so‘ng 30 yoshli Toni Kroos “Real” safiga ko‘chib o‘tdi va EChLda 3 marta g‘olib chiqdi.
Fikrlar