Kroos faoliyatini qaerda yakunlamoqchi ekanini aytdi

  • 6 iyun, 2020, 12:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madrid xavbeki Toni Kroos o‘zining kelajak rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

“Men shartnomam oxirigacha “Real”da o‘ynamoqchiman. O‘sha paytda 33 yoshda bo‘laman va menda ko‘plab variantlar bo‘lishi mumkin. Ketish, shu erda qolish va faoliyatimni yakunlash. Men faoliyatimni “Real” futbolchisi sifatida yakunlashni xohlayman”, - deydi germaniyalik futbolchi.

Kroos “Real” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum La Ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!