"Krilya Sovetov" Sobolevni ijaraga berishi aniq bo‘ldi

  • 29 yanvar, 2020, 23:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Krilya Sovetov" hujumchisi Aleksandr Sobolev faoliyatini Moskvaning "Spartak" klubida davom ettiradi.

Tecno

Moskvaliklar 22 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha, sotib olish huquqi evaziga ijaraga oladi. Bu haqda, Rossiyaning ishonchli manbalari ma’lumot bermoqda.

Bundan tashqari, futbolchining agenti Pavel Andreev ham ma’lumotni tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, RPLning joriy mavsumida Sobolev 10 ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida hamyurtimiz

Eldor Shomurodov bilan bir qatorda, ikkinchi pog‘onani egallab turipti va bu borada "Zenit" forvardi Artyom Dzyuba (11 ta gol) etakchilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!