
"Krilya Sovetov" Shomurodovning raqobatchisini Italiya klubiga sotmadi
"Krylya Sovetov" klubi bosh direktori Vitaliy Shashkov jamoa to‘purari Aleksandr Sobolevni Italiya klubiga qo‘yib yuborilmaganini aytdi.
“Sobolevga qiziqishlar bor. Yozda Italiyadan taklif bo‘lgandi, ammo u bizni qanoatlantirmadi. Biz Aleksandrni mavsum oxirigacha tarkibda olib qolishni xohladik. Qolaversa, uning o‘zi ham unib o‘sgan jamoasiga yordam berishni xohladi. Shunday ekan u bilan bu boradagi fikrlarimiz bir hil bo‘lgan”, - deydi Shashkov.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli rossiyalik futbolchi joriy mavsum premer-ligada 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urishga erishdi. U hozircha “Rostov”dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov bilan birga RPL to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar