
Kovach nega Gvardioladan uzr so‘radi?
“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Niko Kovach Sanening transferi borasida aytgan gaplari uchun “Manchester Siti”dan uzr so‘radi.
Aytish kerakki, u Sanening “Bavariya”ga o‘tishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlagan edi.
“Men allaqachon Gvardioladan uzr so‘radim. Shuningdek, klubdan ham kechirim so‘rayman. Sanening “Manchester Siti” bilan shartnomasi borligini bilaman. Kelajakda bunday bayonotlar bermaslikka va’da beraman”, - deydi xorvatiyalik mutaxassis.
Fikrlar