
Koutino nega "Lester"ga kelmaydi? Brendan Rojers bu savolga javob berdi
“Lester” klubi “Barselona” vingeri Filippe Koutinoni sotib ololmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Brendan Rojers aytib o‘tdi.
“Men Koutinoning kelishi haqida ko‘p mish-mishlar o‘qidim. Filippe - ajoyib futbolchi, ammo bizning jamoa uni sotib ololmaydi. Chunki, ushbu futbolchi “Lester”ning “cho‘ntagiga” to‘g‘ri kelmaydi”, - deydi Rojers.
Koutino joriy mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazmoqda. “Barselona” esa uni 75 mln evro evaziga bo‘lsa ham sotib yuborishga tayyor.
Fikrlar