Koronavirusga chalingan "Lokomotiv" futbolchilarining ahvoli borasida shifokor ma’lumot berdi

  • 28 may, 2020, 16:41
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yaqindagina Rossiyaning "Lokomotiv" klubidan 4 futbolchida koronavirus aniqlangani borasida xabar bergandik. Klub shifokori Nikita Karlitskiy o‘sha 4 futbolchi bilan doim aloqadaligi va ahvoli borasida ma’lumot berdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

- Test natijalariga ko‘ra ularda koronavirus aniqlandi. Futbolchilarda klinik belgilari yo‘q va ular kuzatuv ostida hamda immunitetni oshiradigan standart terapiya bilan shug‘ullanmoqda. Kasallikka chalinganlar jamoadan ajratilgan. O‘yinchilar bilan har kuni aloqadaman. Biz ularga kerakli qo‘llanmalarni ko‘rsatmoqdamiz. 3 kundan so‘ng ulardan yana tets olamiz va natijaga qarab keyingi muolajalarni boshlaymiz, - dedi klub shifokori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!