
Koreyalik to‘purar APLda o‘ziga xos natija qayd etdi
"Tottenxem" hujumchisi Son Xin Min Angliya Premer-ligasi 35-turi doirasida "Arsenal" darvozasiga yo‘l topa oldi.
Bu koreyalik forvard uchun APL joriy mavsumidagi o‘ninchi goli bo‘ldi. Shu tariqa, 28 yoshli futbolchi to‘rt mavsumdan buyon londonliklar safida 10 va undan ortiq gol kiritishni uddalab kelmoqda.
Bungacha Son 2016/17 mavsumda 14 ta, 2017/18 va 18/19 mavsumda 12 tadan gol kiritgan edi.
Fikrlar