Ko‘p gol uradigan futbolchi topildi

  • 29 fevral, 2024, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Flamengo” hujumchisi Pedro kelasi yozda yana Evropaga qaytib, o‘z omadini sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Braziliyalik forvard 2019-2020 yilgi mavsumda “Fiorentina”da jami oltita uchrashuvda ishtirok etib, atigi bitta gol urgan va oxir-oqibat yana o‘z yurtiga qaytib ketgan edi.

Pedro keyingi yillar davomida katta tajriba to‘pladi. 26 yoshli forvard shu kunga qadar klublar miqyosida jami 295 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 130 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 26 ta golli pas uzatgan.

Pedroga “Chelsi” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Flamengo” hujumchining ketishiga qarshilik qilmoqchi emas.

Garchi Pedroning 2027 yilning oxirigacha davom etadigan shartnomasida badal summasi 60 million evro ekani ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati uni 25 million evro evaziga qo‘yib yubormoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!