
Ko‘p gol uradigan besh hujumchidan birini tanlaymiz!
“Chelsi” kelasi mavsum oldidan tarkibiga ko‘p gol ura oladigan sermahsul forvard qo‘shib olishni rejalashtirib qo‘ydi.
Chunki jamoa yakunlangan mavsumda hujumchilar masalasida muammoga duch keldi. Premer-liga o‘yinlarda ishtirok etgan besh hujumchi hammasi bo‘lib, 17 ta gol urdi. Shulardan o‘ntasi Nikolas Jekson hisobiga yozildi.
Bu ko‘rsatkich superklubning asosiy forvardi uchun kamlik qiladi.
Football London nashrining yozishicha, “aristokratlar” Evropaning turli ligalarida to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan besh nafar top-hujumchini nishonga olgan.
“Chelsi” yozgi transferlar davrida Viktor Osimxen (“Napoli”), Liam Delap (“Ipsvich”), Ugo Ekitike (“Ayntraxt Frankfurt”), Benyamin Sheshko (“RB Leyptsig”) hamda “Lill” bilan shartnomasi tugab, erkin agent maqomini olgan Jonatan Devid bor.
Fikrlar