Kontega katta pul ajratilmasa...

  • 24 mart, 2021, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte mavsum yakunlangach, jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” xo‘jayini hisoblangan Xitoyning Suning Holdings kompaniyasi moliyaviy inqiroz sabab, mavsumlar oralig‘ida klubga yangi transferlar uchun katta mablag‘ ajrata olmasligi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Konte iste’foga chiqishi va yana APLga yo‘l olishi kutilmoqda. Unga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublaridan jiddiy takliflar bor.

Antonio Konte "Inter"ni 2019 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa A Seriyada 28 turdan so‘ng peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!