
Konte "Inter" himoyasini "Arsenal"futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi
"Arsenal" himoyachisi Shkodran Mustafi faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “neradzurrilar” germaniyalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olishga tayyor. Uni shaxsan bosh murabbiy Antonio Konte o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.
Shkodranning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. “Kanonirlar” hozircha unga yangi shartnoma taklif qilishmagan. U joriy mavsum APLda bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar