
Kolo-Muani "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin!
PSJ markaziy hujumchisi Randal Kolo-Muani Londonning "Tottenxem" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sebastyan Vidal xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, "shporlar" 26 yoshli forvardning transferi borasida PSJ bilan muzokaraga kirishgan. Shartnoma taxminan 50 million evroni tashkil qilishi mumkin. Kolo-Muani o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Yuventus"da ijara asosida o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, Turin klubi hujumchi bilan ishlashni davom ettirmoqchi, ammo “Tottenxem” futbolchining transferiga jiddiy qaramoqda. O‘tgan mavsum davomida Kolo-Muani barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar