
Kokorin Shomurodovning yo‘lidan yurishi kerak
Rossiyada “Spartak” hujumchisi Aleksandr Kokorinning “Fiorentina”ga transferi keng muhokama qilinmoqda.
O‘z davrida Germaniya chempionatida muvaffaqiyatli to‘p surgan Sergey Kiryakov ham Kokoringa xorijga ketishni maslahat bermoqda.
- Aleksandr Kokorin yosh futbolchi emas. Agar u hozir xorijga ketmasa, keyin bunday imkon topolmaydi. Keyinchalik uni taklif qiladigan jamoalarning saviyasi “Fiorentina”nikiday bo‘lmaydi. Bu Kokorin uchun oxirgi imkoniyat bo‘lishi mumkin. “Fiorentina”ga o‘tsa, balki Eldor Shomurodov singari o‘zini ko‘rsata olar. Shomurodov ham eng kuchli klubga o‘tgani yo‘q. Bu Kokoringa o‘rnak bo‘lishi kerak, - dedi Sergey Kiryakov.
Ma’lumotlarga qaraganda, Aleksandr Kokorin ayni paytda “Spartak”da yiliga 3 million evro maosh olmoqda. Agar u “Fiorentina”ga o‘tadigan bo‘lsa, italiyaliklar unga yiliga 1,7 million evro to‘lashini ma’lum qilgan.
Fikrlar