
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati. Finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim final doirasidagi "Al Hilol" - "Chelsi" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda nominal mehmonlar minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona gol 32-daqiqada Romele Lukaku nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, musobaqaning ikkinchi finalchisi ham aniq bo‘ldi. Endi "Chelsi" klubi chempionlik uchun Braziliyaning "Palmeyras" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar