
Klopp MYuning zo‘r hujumchisini olib qo‘ymoqchi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford xaridorlari qatoriga “Liverpul” ham qo‘shildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Yurgen Klopp vakillari Markus Reshford bilan bog‘lanib, transfer bo‘yicha uning fikrini so‘ragan. Avvalroq, “Barselona” mutasaddilari ham angliyalik hujumchi bilan bog‘langan edi.
Hozirgi paytda Markusning klubdagi ishlari yurishmayapti. Kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan hujumchi Angliya terma jamoasidan ham chaqiruv olmay qo‘ydi. Shu bois, iqtidorli o‘yinchi jamoasini o‘zgartirish istagini bildirgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati Marks Reshfordning ketishiga ruxsat bersa ham, uning ashaddiy raqib hisoblangan “Liverpul”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Fikrlar