
Klopp: "Mana bu haqiqiy "vau"!
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 20-turidan o‘rin olgan "Lester"ga (0:1) qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Ehtimol, uchrashuvni qayta ko‘rsam, omadimiz kelmaganini ko‘rishim mumkin. Lekin o‘yinimiz menga yoqmadi. To‘g‘risini aytsam, juda g‘alati o‘yin ko‘rsatdik. Ular bizning darvozamizga atigi bitta aniq zarba berdi va gol urishdi.
Agar imkoniyatimiz chegarasida o‘ynaganimizda, g‘alaba qozongan bo‘lardik. Biz "Lester"ni mag‘lub etish uchun etarlicha harakat qilmadik. Shu sababli, ular 3 ochkoga haqli.
Ko‘pincha yigitlar menga: "Vau qanday o‘yin!", - deb aytishadi. Mana bu haqiqiy "vau". Lekin butunlay boshqa ma’noda. Biz o‘zimizga o‘xshamadik va buni darhol o‘zgartirishimiz lozim", - dedi Klopp.
Fikrlar