Klopp kimni tanlaydi?

  • 27 dekabr, 2020, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” rahbariyati yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar mavsumida himoyachi olishga qaror qilgan.

Tecno

Klub rahbariyati olib kelinishi kerak bo‘lgan markaziy himoyachilar ro‘yxatiga “Borussiya” vakili Manuel Akanjini ham qo‘shdi. Bu futbolchi dortmundliklar tarkibida 2018 yilning yanvaridan beri 76 ta o‘yin o‘tkazgan.

Shveytsariyalik himoyachining transfer summasi 25 million evroga baholanmoqda.

Akanjidan tashqari, “Liverpul” ro‘yxatida “Napoli” vakili Kalidu Kulibali va “Leyptsig” himoyachisi Dayot Upamekano ham bor.

Bosh murabbiy Yurgen Klopp bu himoyachilar orasida o‘ziga mosini tanlashi kerak bo‘ladi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!