Klopp ikkinchi marotaba eng zo‘r deb topildi

  • 25 may, 2022, 11:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp faoliyatida ikkinchi bor Liga Murabbiylari Assotsiatsiyasi (LMA) talqiniga ko‘ra APLda eng yaxshi murabbiy bo‘ldi. U jamoasi bilan chempionatda g‘olib "Manchester Siti"dan 1 ochko ortda qolib, 2-o‘rin sohibiga aylandi.

Tecno

U boshchiligida "qizillar" 92 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik. Shuningdek, mersisaydliklar 2022 yil APLdagi birorta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi. 

54 yoshli germaniyalik mutaxassis birinchi marta bu sovrinni 2020 yilda qo‘lga kiritgandi. Kloppdan tashqari Aleks Fergyuson (11), Arsen Venger, Joze Mourino va Xosep Gvardiola (har biri 3 martadan) bu mukofot egasiga aylangan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!