Klaudio Raneri Italiya terma jamoasini boshqarish bo‘yicha qaror qildi!

  • 10 iyun, 14:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Roma"ning sobiq bosh murabbiyi Klaudio Raneri bir necha kun oldin murabbiylik faoliyatini yakunladi. Shu bilan birga, Italiya terma jamoasi ham Luchano Spallettini ishdan bo‘shatdi. Ushbu vaziyatdan so‘ng terma jamoa assotsiatsiyasi sobiq murabbiyni ishga qaytarmoqchi bo‘ldi. Ammo italiyalik murabbiy rad javobini berdi. 
 
"Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gravinaga menga bunday imkoniyat bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu men uchun katta sharaf. Ammo hamma narsani o‘ylab ko‘rgach, butun e’tiborimni "Roma"dagi yangi lavozimimga qaratishga qaror qildim. 
 
Fridkinlar terma jamoa bo‘yicha har qanday qarorimni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi. Biroq, bu tanlov faqat o‘zimniki"
- deb ta’kidlab o‘tdi "Roma"ning sobiq bosh murabbiyi ANSA bilan suhbatda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!