Kim tezkor: Shomurodov yoki Dibala? (foto)

  • 12 dekabr, 2024, 22:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov joriy mavsumda Evropa kuboklarida ishtirok etayotgan yagona o‘zbek futbolchisi hisoblanadi.

Tecno

Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasidagi Shahboz Umarov va Jasurbek Yaxshiboev ham, “Lans” yulduziga aylangan Abduqodir Husanov ham UEFA tasnifidagi Chempionlar ligasi va Konferentsiyalar ligasi kabi nufuzli musobaqalarni erta bosqichlarda tark etib bo‘lgan.

Faqatgina Eldor Shomurodov “Roma”da qolgani munosabati bilan “bo‘rilar” safida Evropa ligasi umumiy bosqichda ishtirok etib kelmoqda.

“Roma” qit’a miqyosidagi musobaqada ancha kamtar natijalarni qayd etmoqda. Poytaxtliklar beshta o‘yindan faqat bittasida g‘alaba qozongan, uch marotaba durang o‘ynab, bir bor imkoniyatni boy bergan.

Hozircha, rimliklar oltinchi tur oldidan besh ochko bilan umumiy jadvalda 36 ta jamoa orasida 21-pog‘onada bormoqda.

Bosh murabbiylikka Klaudio Raneri tayinlanganidan keyin jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlana boshladi. Tajribali mutaxassis shogirdlarini Portugaliyaning “Braga” jamoasiga qarshi o‘yinga puxta tayyorladi.

Rimliklar Evropa ligasidagi o‘yin qaydnomasiga 24 nafar futbolchini kiritdi. Ro‘yxat bilan quyida tanishish mumkin.

 

Eldor Shomurodov ham bo‘lajak uchrashuvga tayyorlanmoqda. Jarohatidan qutilganidan keyin legionerimiz yuqori sport formasini tiklashga harakat qilyapti. 29 yoshli hujumchimizning mashg‘ulotlarda qanday mahnat qilayotganini quyidagi suratlardan ko‘rib olish imkoni bor.

Hamyurtimiz Evropa ligasidagi beshta o‘yindan to‘rttasida ishtirok etdi. Shvetsiyaning “Elfsborg” va Belgiyaning “Yunion” jamoalariga qarshi o‘tkazilgan bahslarda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan bo‘lsa, Ispaniyaning “Atletiko” va Ukrainaning “Dinamo Kiev” klublariga qarshi bahslarda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Jami 166 daqiqa harakat qilgan hujumchisimiz xalqaro turnirda hali o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Shomurodov A Seriyada kamroq ko‘proq maydonga tushgan bo‘lsa-da, o‘yin vaqti jihatidan kamroq o‘ynagan.  Etti bor ko‘rinish bergan hamyurtimiz chempionat doirasida 107 daqiqa to‘p tepgan. Shunga qaramay, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

“Roma” va “Braga” o‘rtasida “Olimpiko” stadionida bo‘ladigan uchrashuv 12 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.

Husanov endi bu "taxt"ni hech kimga bermasa kerak...

“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevga Evropada yordamlashadigan futbolchi topib berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!