
Kikboksing. Osiyo chempionatida 24 ta medal qo‘lga kiritgan sportchilarimiz tantanali kutib olindi (FOTO)
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Tailandning Bangkok shahrida kikboksing bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Umumiy hisobda, ushbu Osiyo chempionatida 22 nafar hamyurtimiz 27 ta yo‘nalishda mamlakatimiz sharafini himoya qildi.
Chempionat sarhisobiga ko‘ra, sportchilarimiz jami 24 ta medalga ega chiqdi. Ulardan o‘ntasi oltin, to‘qqiztasi kumush va beshtasi bronza medal bo‘ldi.
Bugun qahramonlarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan tantanali kutib olindi.



.jpg)


.jpg)




Fikrlar