
Keynni ololmadik, boshqa nomzodga o‘tamiz!
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa hujum chizig‘ini “Tottenxem” tarixidagi eng zo‘r to‘purar Harri Keyn bilan kuchaytirmoqchi edi.
Jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag angliyalik hujumchini o‘zi qo‘llayotgan o‘yin uslubiga ideal darajada mos tushishini ta’kidlamoqda.
Transfer mutaxassislarining ta’kidlashicha, manchesterliklar Keynning transferini uddalash qiyinligini tan olgan va e’tiborini boshqa hujumchiga qaratdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, endi “Manchester Yunayted” mutasaddilari A Seriyada to‘purarlik qilayotgan Viktor Osimxenni olib kelmoqchi. “Napoli” 24 yoshli nigeriyalik futbolchi uchun 100 million evrodan ko‘proq pul so‘raydi.
Biroq, Osimxenning o‘zi Anglimya Premer-ligasida o‘ynashni istayotgani masalani ijobiy hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fikrlar