
Keyn: "U bilan do‘st emasmiz"
Jahon chempionatininsh chorak finali Frantsiya - Angliya to‘qnashuvi oldidan Harri Keyn o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchi jamoadoshi Ugo Loris haqida gapirdi.
" U yaxshi yigit va dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biri. Ammo bu o‘yinda biz do‘st emasmiz. Agar g‘alaba qozonsak, men xursand bo‘laman. U Frantsiya yutishi uchun hamma narsaga tayyor ekanligi bilaman" - dedi 29 yoshli hujumchi.
Ushbu o‘yin g‘olibi yarim finalda Marokash yoki Portugaliyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.
Fikrlar