
Keyn rekord o‘rnatishni "yorib" tashladi
Harri Keyn Chempionlar Ligasi tarixida yangi rekord o‘rnatdi.
“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn Chempionlar Ligasi tarixida turli raqiblarga qarshi eng ko‘p gol urgan ingliz futbolchisiga aylandi. Bu borada Keyn “Manchester Yunayted” afsonasi Pol Skoulzni orta qoldirdi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Inter”ga qarshi safar o‘yinida Keyn jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi va turnir doirasida 21 xil raqib jamoaga gol urgan futbolchi bo‘ldi.
Avvalgi rekord Pol Skoulzga tegishli bo‘lib – u faoliyati davomida 20 ta jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan.
Shu tariqa, Keyn joriy mavsumdagi 35-golini urdi. O‘tgan mavsum boshidan beri u Evropaning kuchli beshlik chempionatlari orasida barcha musobaqalarda eng ko‘p gol urgan (79) va eng ko‘p golda ishtirok (101) etgan futbolchi bo‘lib turibdi.
Fikrlar