
Keyingi o‘yin "Paxtakor" uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Arveladze jamoasi 5-turni boy bermasligi shart (Guruhdagi vaziyat)
Osiyo Chempionlar ligasi "V" guruhida 4-tur o‘yinlari yakunlandi. Qatar poytaxti Doha shahrida musobaqaning G‘arb mintasidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Paxtakor" turnirning amaldagi g‘olibi "Al Hilol" bilan ikki bor kuch sinashdi va bir ochko ishladi. Saudiyaliklar g‘alaba va durangdan so‘ng turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga olishdi. Shota Arveladze shogirdlari esa ikkinchi.
Aziz G‘aniev faoliyat olib borayotgan "Shabab Al Ahli" 3 va 4-turda 6 ochko ishlab, "Paxtakor"ga yaqinlashdi. Ular orasidagi farq bir ochkoni tashkil qiladi.
"Shahr Xodro" birorta ham ochko jamg‘arolmadi, hozircha. Shu bois eronliklar oxirgi o‘rinni band etishgan.
Quyida "V" guruhidagi 4-turdan keyingi holat bilan tanishing:
Navbatdagi tur o‘yinlari 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. "Sherlar" dubayliklar bilan kuch sinashsa, keyingi bosqichni deyarli hal qilgan saudiyaliklar kvartet autsayderiga qarshi maydonga tushadi.
Aynan shu bahslarda guruhdagi vaziyat oydinlashishi mumkin. Agar "Paxtakor" g‘alaba qozonsa, muddatidan avval keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Chunki vakillarimiz hisobida 10 ochko bo‘ladi. "Shabab Al Ahli" oxirgi o‘yinda zafar quchgan taqdirda ham pley-offga chiqa olmaydi. Mubodo durang kuzatilsa, 6-turning qadri ancha bo‘land bo‘ladi, vaziyat ancha chigallashadi. Qolarvesa, keyingi bosqich masalasini hal etgan "Al Hilol" 6-turda asosiy tarkib futbolchilarini maydonga tushirmasligi mumkin. Bu esa, Aziz G‘aniev jamoasining imkoniyatlarini oshiradi. Shuning uchun Arveladze jamoasi 5-turni qo‘ldan boy bermasligi shart!
OChL-2020, 5-tur
"Shabab Al Ahli" - "Paxtakor"
"Shahr Xodro" - "Al Hilol"
Fikrlar
и