Kevin de Bryuyne boshqa jamoaga o‘tishga rozilik berdi

  • 7 iyul, 2024, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiya terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi pleymeykeri Kevin de Bryuyne boshqa jamoaga o‘tishi kutilyapti.

Tecno

Taniqli jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, 33 yoshli hujumkor yarim himoyachi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga tayyor. Manbaga ko‘ra, “Al-Ittihod” mashhur futbolchining hamkorlik bo‘yicha roziligini olgan.

Endi ikki klub transfer masalasida o‘zaro kelishib olishi kerak. Kevinning “shaharliklar” bilan shartnomasi kelasi yil yozda yakunlanadi. Shu bois, “Al-Ittihod” o‘yinchiga egalik qilish uchun manchesterliklarga badal puli to‘lashi kerak.

Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”da 2015 yildan beri o‘ynab kelyapti. Bu vaqt mobaynida u barcha turnirlarda 382 ta uchrashuv o‘tkazib, 102 ta gol va 170 ta assist muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali ekspertlari tajribali yarim himoyachini 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!