Keniyalik engil atletikachi 3,5 yilga diskvalifikatsiya qilindi

CHERY AUTO

Xalqaro engil atletika federatsiyasining tartib-intizom komissiyasi (AIU) keniyalik 24 yoshli yuguruvchi Patrik Sileni Kapsabet shahrida doping-ofitserlardan qochgani uchun 3,5 yilga diskvalifikatsiya qilish haqida qaror chiqardi.

Tecno

Sportchi panjaradan oshib tushib, undan doping-sinama olish uchun kelgan tekshiruv hududidan qochib qutilishga uringan. Bu antidoping qoidabuzarlik uchun aslida 4 yil muddatga sportdan chetlashtiriladi, lekin AIU P.Silening qattiq pushaymon bo‘lganini hisobga olib, bu muddatni 3,5 yilga qisqartirdi. P.Sile hozirgi kunda Keniyadagi doping diskvalifikatsiyasini o‘tayotgan 66-chi engil atletikachi bo‘ldi. Bundan avvalroq Keniya engil atletika federatsiyasi mamlakatda taqiqlangan preparatlarni iste’mol qilish tizimi mavjud emasligi to‘g‘risida bayonot bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!